locale OZ

Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Irmatov Kanada elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Фото: ЎФА

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Kanada davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida Kanada tomoni O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026-yil AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangani bilan tabrikladi.

Tomonlar kelgusida O‘zbekiston va Kanada yoshlar terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, ikki davlat futbol mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, viza masalalari ham muhokama qilindi.

Mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazi faoliyati bilan tanishib, markazda yaratilgan sharoitlar va zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting