locale OZ

Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Terma jamoa murabbiyi O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi
Фото: ЎФА

Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo kubogi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tayyorgarlik haqida

— 7 dekabrdan boshlab Toshkentda Osiyo kubogi oldidan dastlabki oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazdik. 28 nafar futbolchini jalb etib, mashgʻulotlar olib bordik. Futbolchilar har xil mavsum oʻtkazishdi, ba'zilari yigʻinga kechroq yetib keldi, umuman olganda, barchaning imkoniyatlarini koʻrib, sinovdan oʻtkazib bordik.

Yigʻinning keyingi qismi Qatarda davom ettiriladi. U yerda ham Iordaniya va Qatar U-23 terma jamoalariga qarshi soʻnggi nazorat oʻyinlarini oʻtkazamiz. Shundan keyin Osiyo kubogiga yoʻl olamiz.

Olimpiya yoshidagi futbolchilar haqida

— Murabbiylar kengashi, shuningdek, avvalgi tajribalardan kelib chiqib, musobaqada 2005, 2006 va undan kichik futbolchilar (Olimpiya yoshi) bilan ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Bu, albatta, sinovdan oʻtgan tajriba, oldingi turnirlarda ham shu tizimda qatnashganmiz.

2003 va 2004 yillarda tugʻilgan futbolchilar hozirda klublarida oʻz oʻrnini topishgan, Osiyo kubogida chempion boʻlishdi, Jahon chempionatida oʻynashdi. Qolaversa, ular MTJga ham jalb etilmoqda. Shu sababli, U-23 musobaqasiga 2 yosh kichik futbolchilardan tarkib topgan jamoa bilan boramiz.

Oldinda turgan vazifa haqida

— Albatta, har doim oldimizga katta maqsad qoʻyamiz. Chunki bu musobaqada reytingimiz ancha baland. Chempion boʻlganmiz va soʻnggi 2 ta musobaqada finalga chiqqanmiz. Shu sababli ham oldimizga yuqori maqsad qoʻyib, musobaqaga yoʻl olyapmiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting