locale OZ

Ravshan Haydarov: «Bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz»

Matbuot anjumanida Haydarov va Saidnurullayev ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Haydarov: «Bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz»
Фото: ЎФА

U-23 Osiyo kubogi 1-tur oʻyinlari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda bosh murabbiy Ravshan Haydarov va futbolchimiz Saidumarxon Saidnurullayev ishtirok etdi.

Ravshan Haydarov:

— Assalomu alaykum. Avvalambor, mana shu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Tashkiliy tomondan barchasi ajoyib, OFK hamda mahalliy tashkiliy qoʻmitaga minnatdorchilik aytaman, barcha jamoalarga omad tilayman.

— Biz bu musobaqani yaxshi koʻramiz va hurmat qilamiz. Bu turnirda reytingimiz baland, har doim yuqori natijalar qayd etib kelamiz. Oʻylaymanki, bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz.

Guruhdagi raqiblar haqida

— Albatta, guruhimizda kuchli jamoalar yigʻilgan. Ularning tajribalari va imkoniyatlarini bilamiz. Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman. Futbolchilar bilan suhbatda bu turnir ularga koʻprik vazifasini oʻtab berishini aytib oʻtdim.

Saidumarxon Saidnurullayev:

— Tayyorgarlik yaxshi boʻldi. Biz dastlab Toshkentda, keyin Qatarda yigʻin oʻtkazdik. Adaptatsiya yetarli boʻldi. Asosiy maqsadimiz — musobaqada munosib qatnashib, yuqori natija qayd etish.

Ichki muhit haqida

— Ichki muhit ajoyib, hamma yaxshi kayfiyatda. Oldimizda qanday turnir turganini bilamiz, jamoamiz musobaqaga 100 foiz tayyor”, - deb Saidnurullayevning so’zlaridan keltiradi O’FA matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting