locale OZ

Ravshan Ermatov OFK konferensiyasida ishtirok etadi

Shuningdek, bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Ermatov OFK konferensiyasida ishtirok etadi
Фото: ЎФА

Joriy yilning 17–19-oktabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari konferensiyasi oʻtkaziladi.

Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar qatorida "OʻFA" birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etadi.

Tadbirda FIFA Prezidenti Janni Infantino, OFK Prezidenti Shayh Salmon bin Ibrohim Al Halifa, shuningdek, tashkilotga aʼzo mamlakatlar qatorida, UEFA va Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi vakillari ham qatnashadi.

“Global futbol ekspertlari bilan ochiq muloqot va tajriba almashish orqali biz oʻz assotsiatsiyalarimizga zamonaviy usullarni joriy etishga yordam beramiz. Osiyo futboli yanada yorqin, barqaror va jahon miqyosida namunali konfederatsiyaga aylanmoqda”, deya qayd etgan OFK rahbari.

Konferensiya doirasida ikki ochiq muloqot sessiyasi ham oʻtkaziladi — biri aʼzo assotsiatsiyalar vakillari bilan, ikkinchisi esa besh mintaqaviy futbol assotsiatsiyasi (ASEAN, CAFA, EAFF, SAFF va WAFF) bosh kotiblari ishtirokida boʻlib oʻtadi.

Ushbu anjuman hamkorlikni yanada mustahkamlash, innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash va yagona maqsad yoʻlida birlikni kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu, oʻz navbatida, OFKning dunyodagi eng ilgʻor konfederatsiyalardan biriga aylanish yoʻlidagi qatʼiy niyatini yana bir bor tasdiqlaydi, deyiladi rasmiy xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting