Ravshan Ermatov: «Katanez bilan shartnoma uzaytirilishi kerak edi»
Uning murabbiylar jamoasi esa akademiyada, turli terma jamoalarimizda faoliyat yuritishlari kutilmoqda.
Фото: ЎФА
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Srechko Katanez haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Srechko Katanez boshchiligidagi jamoa bilan Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, shartnoma muddati uzaytirilishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq bosh murabbiyning sog‘ligi kutilmaganda yomonlashdi.
Uning murabbiylar jamoasi esa akademiyada, turli terma jamoalarimizda faoliyat yuritishlari kutilmoqda.
Murabbiy tayinlashda xalqaro ekspertlar, tahlilchilar va murabbiylar kengashi tomonidan doimiy ravishda o‘rganishlar olib borildi. Temur Kapadzening salohiyati va murabbiylik mahoratiga zarracha shubha yo‘q, unga nisbatan hurmatsizlik qilinmadi. Maqsadimiz birgalikda xalqaro darajada rivojlanishdan iborat», - dedi Ermatov matbuot anjumanida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist