Ravshan Haydarov: “Jamoamiz reja asosida turnirga puxta tayyorgarlik ko'rdi”
OFK U-23 Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichi “E” guruhi o'yinlari oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi:
"Avvalo, saralash bosqichidagi barcha ishtirokchilarni chin qalbimdan tabriklayman. Turnir yuqori saviyada o'tishiga ishonaman. Uchrashuvlar ajoyib o'tadi va g'alaba eng kuchli jamoaga nasib etadi degan umiddaman".
Turnirni a’lo darajada tashkil etgani uchun Qirg‘iziston Respublikasi Futbol Federatsiyasiga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Jamoamiz oldindan belgilangan reja asosida musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rdi va musobaqaga yaxshi jismoniy holatda yaqinlashdi.
Jamoa haqida
"Yoshlar terma jamoasi bosqichi futbolchilarimiz uchun terma jamoaga yo'l olish yo'lidagi o'tish bosqichidir. Bir qancha futbolchilar allaqachon terma jamoada o'ynashmoqda". Biz ularni U-23 jamoasiga qaytarmaslikka harakat qilamiz va bu yondashuvni to'g'ri deb hisoblaymiz, chunki asosiy maqsadlarimizdan biri kattalar jamoasiga o'yinchilarni tayyorlashdir.
SHu bois ro'yxatimizni yangilashga intilamiz. Yosh futbolchilar asta-sekin kattalar jamoasiga o'tish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Jumladan, bungacha yoshlar terma jamoasida to‘p surgan Abduqudair Xusanov va Abbosbek Fayzullaevlar bugun terma jamoadagi o‘z o‘rinlarini ishonchli tarzda egallab olishmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – iqtidorli yosh futbolchilarga imkoniyat yaratish va ularga o‘zini ko‘rsatish imkonini berish.