Raul Jeparov «Dinamo» sharafini himoya qiladi
19 yoshli yarimhimoyachi «Bunyodkor» klubidan mavsum yakunigacha ijaraga olindi.
Фото: Динамо ПФК
Superligada mavsumning ikkinchi qismi arafasida «Dinamo» jamoasi seleksiya jarayonini davom ettirmoqda.
Yozgi transfer oynasida «Dinamo» PFK mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari orasidan biri Raul Jeparovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 19 yoshli yarimhimoyachi «Bunyodkor» klubidan mavsum yakunigacha ijaraga olindi.
Jeparov jamoa safida 18-raqam ostida harakat qiladi. U «Dinamo»ning Qirg‘izistondagi yig‘inida qatnashib, murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirgach, tarkibga qo‘shib olindi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist