locale OZ

Raul Bundesligadagi jamoani boshqarishi mumkin

U yaqinda "Real Kastilya"ni tark etgandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Raul Bundesligadagi jamoani boshqarishi mumkin
Photo: Getty Images

Raul Gonsales Germaniyaning “Leyptsig” jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi murabbiy izlayotgan “Leyptsig” ispaniyalik mutaxassis Raulni nomzodlar qatoriga kiritgan.

Avvalroq klub Sesk Fabregas bilan aloqa o‘rnatgandi. Biroq ispaniyalik mutaxassis “Komo”da qolishni afzal bilgan edi.

Shuningdek, klub short-listidan “Sankt-Pauli” murabbiyi Aleksandr Blessin va “Verder” sobiq ustozi Ole Verner ham o‘rin olgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting