Raul \"Bayer\" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
ФОТО: Getty images
Ispaniyalik sobiq futbolchi Raul “Bayer” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Dushanba kuni Germaniya klubi Erik ten Hagni bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilganini e’lon qildi.
“Bayer”ning qisqa ro‘yxatiga hozircha uch nafar nomzod kiritilgan: Raul, Edin Terzich va Marko Roze. Yangi murabbiy nomi shu hafta oxirigacha e’lon qilinishi kutilmoqda.
Raul “Real”ning yoshlar jamoasini 6 yil davomida boshqargan va shu yil may oyida u yerdan ketgan. Terzich esa 2022 yildan 2024 yilgacha Dortmundning “Borussiya” klubida ishlagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist