locale OZ

Rasmiy. Xuan Mata jamoasini o'zgartirdi

U Avstraliya chempionatida o'ynashda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Xuan Mata jamoasini o'zgartirdi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" va "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Xuan Mata Avstraliya chempionatida o'ynashda davom etmoqda.

37 yoshli futbolchi “Melburn Viktori” jamoasiga kelib qo'shildi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

“Biz Xuan kabi tajribali va kuchli futbolchini jamoamizga qo'shib olganimizdan baxtiyormiz. Uni kiyimxonada kutib olishdan xursandmiz. Uning yetakchilik fazilatlari va o'yinni bilishi shubhasiz butun jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi”, - deyiladi klub xabarida.

Tajribali ispaniyalik vingerning avvalgi ish joyi Avstraliyaning boshqa bir jamoasi “Vest Sidney” edi. Bu jamoa uchun Xuan milliy chempionatda 23ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting