Rasmiy: «So‘g‘diyona» Boshkovich bilan xayrlashdi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Сўғдиёна ПФК
Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubida kutilmagan o‘zgarish yuz berdi. Klub rahbariyati va bosh murabbiy Ivan Boshkovich o‘rtasidagi hamkorlik to‘xtatildi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi ikki tomonlama o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan. Klub Chernogoriyalik mutaxassisga jamoada faoliyat yuritgani uchun minnatdorlik bildirgan va uning kelgusi ishlarida omad tilagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist