locale OZ

Rasmiy. Nani «Aktobe» futbolchisi bo‘ldi

Hozircha 39 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Nani «Aktobe» futbolchisi bo‘ldi
Фото: Актобе ПФК

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester United" klubining sobiq yarim himoyachisi Luis Nani Qozog‘istonning "Aktobe" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozircha 39 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Luis Nani — 2016 yilgi Yevropa chempioni, Angliya Premer-ligasining to‘rt karra chempioni hamda Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi.

O‘tgan mavsum Qozog‘iston Premer-ligasida "Aktobe" yakuniy turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting