locale OZ

Rasmiy. Joze Mourino «Benfika» bosh murabbiyiga aylandi

Portugalialik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Joze Mourino «Benfika» bosh murabbiyiga aylandi
Фото: Бенфика

Portugaliyaning “Benfika” klubi Joze Mourinioni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Portugalialik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolangan.

Eslatib o'tamiz, Joze murabbiylik faoliyatini aynan shu klubda boshlagan, keyinchalik “Portu”ni boshqargan.

62 yoshli mutaxassisning so'nggi klubi “Fenerbaxche” bo'ldi. U murabbiylik faoliyati davomida “Real”, “Chelsi”, “Inter”, “Tottenxem”, “Roma” va “Manchester Yunayted” jamoalarini ham boshqargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting