locale OZ

Rasmiy: Gattuzo — «Latsio»ning yangi bosh murabbiyi

Murabbiyning maoshi esa yiliga 1,5 million yevroni tashkil qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy: Gattuzo — «Latsio»ning yangi bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

“Latsio” klubi bosh murabbiy sifatida Jennaro Gattuzoni tanishtirdi.

48 yoshli italiyalik mutaxassis Rim jamoasi bosh murabbiyligi postida "Atalanta"ni boshqarishga oʻtgan Mauritsio Sarrining oʻrnini egalladi.

OAV maʼlumotlariga koʻra, shartnoma uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha moʻljallangan, murabbiyning maoshi esa yiliga 1,5 million yevroni tashkil qiladi.

Aprel oyi boshida Gattuzo Italiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmaganidan soʻng, terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting