locale OZ

Rasmiy. Daych – «Nottingem Forest» bosh murabbiyi

U "Nottingem Forest" bilan 2027 yil yozigacha shartnoma imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Daych – "Nottingem Forest" bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

"Nottingem Forest" matbuot xizmati ingliz murabbiy Shon Daych asosiy jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini ma'lum qildi.

"O'rmonchilar" avvalroq Anje Postekoglou bilan xayrlashgandi.

Bu Daychning murabbiylik faoliyatidagi to'rtinchi klubi bo'ladi, u avvalroq "Uotford", "Byornli" va "Everton" klublarini boshqargan.

Qayd etilishicha, u "Nottingem Forest" bilan 2027 yil yozigacha shartnoma imzolagan.

Eslatib o'tamiz, "Forest" klubi so'nggi 7 o'yinda birorta ham g'alaba qozona olmadi va Premyer-ligada 18-o'ringa tushib ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting