Rasmiy. Benites «Panathinaikos» bosh murabbiyiga aylandi
Gretsiya klubi 65 yoshli Benites imzolagan shartnoma muddatini oshkor qilmadi.
ФОТО: Getty images
"Panathinaikos" Rafael Benites jamoa boshqaruviga tayinlanganini e'lon qildi. Gretsiya klubi 65 yoshli Benites imzolagan shartnoma muddatini ochiqlamadi.
Ta'kidlash joizki, Benites 2024 yilning mart oyida "Sel'ta"ni tark etganidan so'ng bir yarim yildan ortiq vaqt davomida hech bir klubda faoliyat yuritmagan edi.
Tajribali murabbiy ko'plab jamoalarda, xususan, "Liverpul," "Napoli," “Valensiya”, "Real" va "Nyukasl" bilan ishlagan.
Ma'lumot uchun, "Panathinaikos" Gretsiya chempionati turnir jadvalida atigi yettinchi o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist