Rasman: Sheymus Koulman 17 yillik faoliyatidan soʻng «Everton»ni tark etadi
Angliyaning «Everton» klubi 37 yoshli irlandiyalik himoyachi Sheymus Koulman mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini rasmiy saytida eʼlon qildi.
««Everton» tarixidagi eng buyuk futbolchilar va sardorlardan biri boʻlgan Sheymus Koulman klubdagi 17 yildan ortiq davom etgan shonli faoliyati kelgusi oyda, shartnomasi muddati tugashi bilan yakuniga yetishini eʼlon qildi.
2009 yilning yanvarida Devid Moyes davrida «Slaygo Rovers»dan 60 ming funt sterling evaziga oʻtgan muxlislar yoqimtoyi endilikda ushbu yozni keyingi qadamlari boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishga bagʻishlaydi. Himoyachi yo «Everton»da murabbiylik lavozimini egallashi, yoki boshqa klub hamda Irlandiya terma jamoasida futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Maydonda ham, uning tashqarisida ham oʻzining yetakchilik qobiliyati va professional munosabati bilan nom qozongan, muxlislar, jamoadoshlari va klub xodimlari tomonidan sevilgan «Everton»ning zamonaviy afsonasi Koulman Premyer-ligada oʻyin oʻtkazish boʻyicha klub rekordchisi hisoblanadi — uning hisobida 372 ta uchrashuv bor», — deyiladi «Everton» xabarida.