Rasman: Sergey Lushan – «Mash’al» bosh murabbiyi
Muborakning “Mash’al” futbol klubida murabbiylar shtabida o‘zgarish amalga oshirildi.
Klubning amaldagi bosh murabbiyi Sakaev Ildar Usmonovich klub texnik direktori lavozimiga o‘tkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Ivanovich Lushan tayinlandi.
53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tug‘ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, Rossiyaning “Krilya Sovetov” hamda “Rostov” klublari safida to‘p surgan.
Murabbiy sifatida esa “Bunyodkor”, “So‘g‘diyona”, “Dinamo” (Samarqand), Belarusning “Shaxtyor” (Soligorsk) va “Shaxtyor” (Petrikov), shuningdek, Namanganning “Navbahor” klublarida faoliyat yuritgan. Uning so‘nggi ish joyi “Navbahor” bo‘lib, 2024–2025 yillar davomida jamoani boshqargan.