locale OZ

Rasman: Samarqanddagi tadbirlar sabab \"Dinamo\" — \"Neftchi\" uchrashuvi qoldirildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Samarqanddagi tadbirlar sabab "Dinamo" — "Neftchi" uchrashuvi qoldirildi
Photo: UzPFL

Shu yilning 23 aprel sanasidan may oyining birinchi o'n kunligiga qadar Samarqand shahriga oliy martabali mehmonlar tashrif buyurishi ko'zda tutilgan, deb ma'lum qildi Samarqand viloyati hokimligi Ligaga yo'llagan maktubida.

Xatda Superliga 7-turidan o'rin olgan "Dinamo" — "Neftchi" uchrashuvi sanasini o'zgartirish so'ralgan.

Mazkur bellashuv 25 aprelda bo'lib o'tishi lozim edi. Endilikda Samarqandda bu uchrashuvni o'tkazish imkoniyati kamroq ekanligidan kelib chiqib, u Liga taqvim rejasidan zaxira kuni sifatida o'rin olgan iyul oyining dastlabki kunlaridan birida o'tkaziladi. Bellashuvning aniq sanasi O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qura tashlanganidan so'ng e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston kubogi guruh bosqichining so'nggi o'yinlari 21 may kuni o'tkaziladi. Superliganing 13-15 tur uchrashuvlari sanalari qura natijasidan kelib chiqqan holda e'lon qilinadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting