Rasman: Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi
2026-yilgi Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi kutilmagan tarzda musobaqani tark etganidan so‘ng bosh murabbiy Ronald Kuman o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda mutaxassis o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
63 yoshli mutaxassis murojaatida Jahon chempionatida tarix yozishni orzu qilganini, biroq jamoa kutilgan natijaga erisha olmaganini ta'kidladi.
“Biz barchamiz ushbu mundialda tarix yozishni orzu qilgandik. Afsuski, bunga erisha olmadik. Buning uchun eng katta mas'uliyat mening zimmamda”, — dedi Kuman.
Niderlandiya 1/16 finalda Marokashga qarshi bahsda asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa marokashliklar aniqroq harakat qilib, “to‘q sariqlilar”ni musobaqadan chiqarib yubordi.
Kumanning iste'fosidan so‘ng Niderlandiya futbol federatsiyasi terma jamoa uchun yangi bosh murabbiy qidirishni boshlashi kutilmoqda.