locale OZ

Rasman: Roberto Manchini Italiya terma jamoasiga qaytdi

Manchini avval 2018–2023-yillar oralig‘ida Italiya terma jamoasini boshqargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Roberto Manchini Italiya terma jamoasiga qaytdi
Foto: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi Roberto Manchinini milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasman e’lon qildi. 61 yoshli mutaxassis ikkinchi bor "Skuadra Adzurra"ni boshqaradi. Federatsiya texnik direktor lavozimiga esa tajribali mutaxassis Klaudio Ranerini tayinladi.

Manchini avval 2018–2023-yillar oralig‘ida Italiya terma jamoasini boshqargan va jamoani Yevro-2020 chempionligiga olib chiqqan. Keyinchalik u Saudiya Arabistoni terma jamoasi hamda Qatarning "Al Sadd" klubida faoliyat yuritdi. Endi esa mutaxassis Italiyani ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatidan chetda qolganidan keyin qayta tiklash vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

Roberto Manchini murabbiylik faoliyati davomida "Inter", "Manchester Siti", "Galatasaroy", "Zenit" va "Latsio" kabi klublarda ishlagan. Uning qo‘l ostida "Manchester Siti" 2011/12-yilgi mavsumda tarixidagi ilk Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting