locale OZ

Rasman: Raffaele Palladino — «Atalanta» bosh murabbiyi

Tomonlar oʻrtasida 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Raffaele Palladino — «Atalanta» bosh murabbiyi
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Raffaele Palladino «Atalanta» bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.

Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolangan.

Eslatib oʻtamiz, Palladino oʻtgan mavsumda «Fiorentina»ni boshqargan. Biroq yozda klub rahbariyati bilan kelishmovchiliklar sabab lavozimini tark etgandi.

Maʼlumot uchun, hozirda «Atalanta» A Seriyaning 11-turidan so'ng 13 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting