Rasman: Pokonoli — Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi
39 yoshli belgiya mutaxassisi 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.
ФОТО: Getty images
Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi Sebastyan Pokonoli erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.
39 yoshli belgiya mutaxassisi 2 yillik shartnomaga imzo chekdi va jamoani bo‘lajak UEFA Millatlar ligasida boshqaradi.
Bosh murabbiy sifatidagi ilk mavsumida Pokonoli “Union Sent-Jilluaz” klubini Belgiya chempionligiga olib keldi — bu klub uchun so‘nggi 90 yildagi ilk chempionlik bo‘ldi. Shundan so‘ng u ushbu jamoani o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichiga olib chiqdi va Belgiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Belgiyada “Yil murabbiyi” deb e’tirof etilgach, Pokonoli 2025 yilda “Monako”ni boshqargan va u yerda shu yozgacha faoliyat yuritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist