Rasman: «MYU» Amorimni isteʼfoga chiqardi
«Manchester Yunayted» Ruben Amorim bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi. Klub matbuot xizmati portugaliyalik mutaxassis bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.
Amorim «Manchester Yunayted»da 2024 yil noyabr oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Lissabonning «Sporting» klubini boshqargan va jamoa bilan Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Hozirgi vaqtda «qizil iblislar» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 20 ta o‘yindan so‘ng 31 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. Yetakchi «Arsenal»dan jamoa 17 ochko ortda qolgan.
Premer-liganing navbatdagi turida «Manchester Yunayted» safarda «Byornli»ga qarshi maydonga tushadi. Avvalroq Amorim iste’fosidan so‘ng jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Darren Fletcher boshqarib turgani xabar qilingan edi.