locale OZ

Rasman: Minamino uzoq muddatga safdan chiqdi

«Monako» hujumchisi «Oser»ga qarshi oʻyinda jiddiy jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Minamino uzoq muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

«Monako» klubi hujumchisi Takumi Minamino Fransiya Kubogi 1/32 final bosqichida «Oser»ga qarshi o‘yinda (2:1) tizzasidan jiddiy jarohat oldi.

«Fransiya Kubogi 1/32 finalida «Oser»ga qarshi uchrashuv davomida futbolchimiz Takumi Minamino chap tizzasidan jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar oldingi xochsimon bog‘lam uzilganini aniqladi. Tiklanish davrida Takumi klubimizning to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga tayanishi mumkin. Tezroq sog‘ay, Takumi, biz sen bilanmiz!» — deyiladi monakoliklar bayonotida.

Joriy mavsumda Minamino klub safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rt gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting