Rasman: «Mash’al» Proligaga tushib ketdi
Rasman: «Mash’al» Proligaga tushib ketdi
Superliga yakuniga 6 ta tur qolganida Muborak klubining yuqori divizionni tark etishi aniq bo‘ldi.
O‘zbekiston chempionatining 24-turiga kelib, Proligaga tushib ketadigan jamoa aniq bo‘ldi.
So‘nggi pog‘onani egallab turgan «Mash’al» qolgan 6 ta turda g‘alaba qozonsa ham, o‘z o‘rnidan yuqorila olmaydigan bo‘ldi. Ya’ni Muborak klubi 15-o‘rindagi «Xorazm»ga yetib olishi imkonsiz.
Shu tariqa «Mash’al» ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana Proligaga qaytadigan bo‘ldi. Jamoa 2024 yil oxirida yuqori divizionga chiqqandi, o‘tgan yili o‘tish o‘yinlari orqali Superligadagi o‘rnini saqlab qolgandi.
Ma’lumot uchun, Superiligadan faqat 16-o‘rin egasi Proligaga ravona bo‘ladi. 12, 13, 14 va 15-o‘rin sohiblari esa o‘tish bahslarida ishtirok etadi.