Rasman: Luchano Spaletti — «Yuventus» bosh murabbiyi
Tomonlar oʻrtasida 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Italiyalik mutaxassis Luchano Spaletti «Yuventus» bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolangan.
«Biz jamoamizga bunday tajribali va bilimli murabbiyni qabul qilayotganimizdan mamnunmiz. Xush kelibsiz, ustoz, sizga omad tilaymiz!», — deyiladi klub bayonotida.
Maʼlumot uchun, hozirda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 9-turdan soʻng 15 ochko bilan 7-oʻrinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist