Rasman: Lorenzo Lukka — «Nottingem Forest» futbolchisi
Tomonlar mavsum oxiriga qadar moʻljallangan shartnomaga imzo chekishdi.
FOTO: Getty Images
«Napoli» hujumchisi Lorenzo Lukka «Nottingem Forest»ga ijaraga o‘tdi. Bu haqda «o‘rmonchilar» rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, shartnoma 2025/2026 yil mavsumining oxirigacha mo‘ljallangan, shuningdek, inglizlar futbolchini sotib olish huquqiga ham ega.
«Lorenzo — jamoamizga o‘ziga xos sifatlar olib kiradigan futbolchi va u bizga qo‘shilgani uchun juda xursandmiz. Turli mamlakatlarda eng yuqori darajada o‘ynab kelgan u tajriba va rivojlanish salohiyatini yaxshi uyg‘unlashtirgan, — dedi «Nottingem Forest»ning xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Edu Gaspar.
Nasrullo Karimov
Jurnalist