locale OZ

Rasman: «Levante» Xulian Kaleroni isteʼfoga chiqardi

Hozirda klub La Liga turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Levante» Xulian Kaleroni isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Ispaniyaning «Levante» klubi bosh murabbiy Xulian Kalero iste’fosini e’lon qildi. Tegishli ma’lumot klubning rasmiy saytida direktorlar kengashining qaroridan so‘ng joylashtirildi.

Kalero bilan xayrlashuv «Levante»ning «Atletik»ga qarshi uy o‘yinida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandan keyingi kunda sodir bo‘ldi. Klub 55 yoshli mutaxassisga qilgan ishlari uchun minnatdorlik bildirdi va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Kalero 2023 yilning yozida «Levante»ni boshqara boshlagan. Uning qo‘l ostida jamoa 58 ta o‘yin o‘tkazgan: 25 g‘alaba, 16 durang va 17 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Hozirgi vaqtda «Levante» Ispaniya chempionatida 19-o‘rinda bormoqda. 14 o‘yindan so‘ng jamoa hisobida 9 ochko mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting