Rasman: «Latsio» bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan xayrlashdi
«Latsio» klubi bosh murabbiy Mauritsio Sarri hamda uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlik yakunlanganini rasman eʼlon qildi.
«Latsio» futbol klubi bosh murabbiy Mauritsio Sarri va uning shtabi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini eʼlon qiladi.
Klub professional munosabatlar yakunlanganini tasdiqlaydi va mutaxassis hamda uning hamkasblariga kelgusi professional faoliyatlarida eng ezgu tilaklarini bildiradi», — deyiladi klub rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotda.
Avvalroq, Sarri faoliyatini «Atalanta» klubida davom ettirishi va ushbu jamoani boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsum natijalariga koʻra, «Latsio» Italiya A Seriyasida 54 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.