locale OZ

Rasman: Kamaru Usmonning akasi ACA promousheniga qoʻshildi

37 yoshli jangchi oʻz faoliyati davomida 11 ta gʻalaba va 4 magʻlubiyat qayd etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Kamaru Usmonning akasi ACA promousheniga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

Nigeriyalik aralash qoidalar (MMA) jangchisi, sobiq UFC chempioni Kamaru Usmaning ukasi Muhammad Usman Rossiyaning «Absolute Championship Akhmat» (ACA) promousheniga qo‘shildi. Bu haqda tashkilot prezidenti Magomed Bibulatov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«ACA og‘ir vazn toifasi yana bir jangchi bilan kuchaydi. Muhammad Usman liga bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Uning debyut jangini kimga qarshi ko‘rishni istaysiz?» — deb yozdi Bibulatov.

37 yoshli Usman o‘z faoliyati davomida 11 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U UFC doirasida 6 ta jang o‘tkazib, ularning 4 tasida zafar quchgan. Avvalroq jangchi antidoping qoidalarini buzgani uchun dunyoning eng nufuzli ligasi tomonidan ikki yarim yilga diskvalifikatsiya qilingan edi. Unga topshirilgan tahlillar natijasida qonda testosteron borligi aniqlangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting