Rasman! Jonatan Ta “Bavariya” futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images
Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jonatan Ta erkin agent sifatida “Bavariya” safiga qo'shildi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan. 29 yoshli futbolchi “Bavariya”da har bir mavsum uchun 14 million yevro maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Taga “Real”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” va A Seriyaning bir qator klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist