Rasman. \"Ipsvich\" Premyer-liga bilan xayrlashdi
Photo: Getty Images
Angliya chempionatining 34-turida “Ipsvich” safarda “Nyukasl”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, - 3:0.
Natijada “traktorchilar” chempionat yakuniga 4 tur qolganida Chempionshipga ravona bo'ldi. Kiran Makkena shogirdlari o'tgan mavsum kuchlilar ligasiga yo'llanma olgandi.
Eslatib o'tamiz, “Sauthempton” va “Lester” ham Premyer-liga bilan xayrlashib bo'lgandi. Endilikda ular qatoriga “Ipsvich” ham qo'shildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist