Rasman: «Inter» 18 yoshli xorvatiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Ushbu futbolchi klubning yoshlar jamoasida toʻp suradi.
FOTO: Getty Images
«Inter» matbuot xizmati Zagrebning «Dinamo» klubidan markaziy himoyachi Leon Yakirovich transferini rasman e’lon qildi.
18 yoshli futbolchi Xorvatiyaning 18 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida to‘p suradi.
Qayd etilishicha, Yakirovich «Inter»ning 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasi tarkibida faoliyat olib boradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist