Rasman: Eldor Shomurodov — “Istanbul Basaksehir” futbolchisi
Photo: Getty Images
Turkiyaning "Istanbul Basaksehir" klubi matbuot xizmati Eldor Shomurodovning transferini tasdiqladi.
Avvalroq xabar berilgandek, Shomurodov 2,7 mln yevroga sotib olish huquqi bilan 3 mln yevroga ijaraga olindi.
Eldor Shomurodov turk klubi bilan 1 yilga uzaytirish sharti bilan 2 yillik bitim imzoladi, futbolchining keyingi transferining 10% puli "Roma" hisobiga o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov o'tgan mavsum A Seriyada 27 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor