Rasman: Duglas Luis «Aston Villa» futbolchisi
Tomonlar oʻrtasida mavsum oxiriga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Birmingemning «Aston Villa» klubi «Yuventus» yarimhimoyachisi Duglas Luisni ijara asosida o‘z safiga qaytarganini rasman e’lon qildi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumning birinchi qismini ijara asosida «Nottingem Forest»da o‘tkazgan edi.
Endilikda Luis mavsum yakuniga qadar «sherlar» sharafini himoya qiladi. Ta’kidlash joizki, braziliyalik tayanch yarimhimoyachisi uchun Birmingem begona emas: u 2019 yildan 2024 yilga qadar «Villa» safida jami 204 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 24 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
Faoliyati davomida «Jirona» va «Vasko da Gama» kabi klublarda ham to‘p surgan futbolchining hozirgi bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 25 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist