locale OZ

Rasman: Desire Due «Golden Boy — 2025» sohibi

Fransiyalik hujumchi Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Desire Due «Golden Boy — 2025» sohibi
FOTO: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» hujumchisi Desire Due Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Mukofot an'anaviy tarzda Italiyaning Tuttusport gazetasi tomonidan topshirildi.

Tashkilotchilar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday deyilgan:

«Yosh fransiyalik futbolchi fenomenal mavsum oʻtkazdi. U «PSJ» bilan barcha sovrinlarni qoʻlga kiritdi».

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilgi «Golden Boy» sovrini «Barselona» vingeri Lamin Yamalga nasib etgandi.

Maʼlumot uchun, Due oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 61 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 20 yoshli futbolchi parijliklar bilan birgalikda Chempionlar ligasi, Liga 1, Fransiya kubogi va Superkubogida gʻolib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting