locale OZ

Rasman. «Chelsi» «Everton»ga o'tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. «Chelsi» «Everton»ga o'tdi
Photo: Getty Images

Kirnan Dyuzberi-Xoll "Chelsi"dan "Everton"ga o'tdi. Liverpul klubi 26 yoshli yarim himoyachining transferini e'lon qildi.

Tomonlar 2030 yilgacha shartnoma tuzishdi.

Fabrizio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, bitim summasi 25 million funt sterlingni tashkil etdi, yana 4 million funt sterling bonus sifatida to'lanadi.

2024 yil iyulida "Chelsi" Kirnan Dyuzberi-Xollni "Lester"dan 30 million funt sterlingga sotib olgan edi.

O'tgan mavsumda ingliz yarim himoyachisi APLda 13 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol uzatmasini berdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting