locale OZ

Rasman: “Bavariya” – 2024/25 mavsumi Germaniya chempioni! Garri Keyn uchun ilk chempionlik

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: “Bavariya” – 2024/25 mavsumi Germaniya chempioni! Garri Keyn uchun ilk chempionlik
Rasman: “Bavariya” – 2024/25 mavsumi Germaniya chempioni! Garri Keyn uchun ilk chempionlik

Bundesliganing 32-turidagi “Frayburg” — “Bayer” uchrashuvi Germaniyaning yangi chempionini aniqlab berdi. “Bayer” ochko yo‘qotgani sababli, Myunxenning “Bavariya”si muddatidan oldin 34-bor chempionlikni rasmiylashtirdi.

“Frayburg” o‘yinni faol boshladi va bir necha daqiqa ichida ikkita gol urdi — 44-daqiqada Eggeshtayn, 48-daqiqada esa Inkapi avtogol muallifi bo‘ldi. “Bayer” kechgi kambekka erishgan bo‘lsa ham — Virts 82-daqiqada va Ta 90+3-daqiqada gol urgan — g‘alabaga erisha olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, “Bavariya” bir mavsumlik tanaffusdan so‘ng yana chempionlikni qo‘lga kiritdi. Garri Keyn uchun esa bu klub miqyosidagi birinchi sovrin bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting