locale OZ

Rasman. Aziz Turğunboev «Andijon» bilan shartnoma imzoladi

Turğunboev faoliyati davomida hozirgacha 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgani va 20 ta assistni bajargan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Aziz Turğunboev «Andijon» bilan shartnoma imzoladi
Фото: Андижон ПФК

Qishki seleksiya ishlarini faol olib borayotgan "Andijon" bu borada hali to'xtagani yo'q.

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi va bunga qadar "Paxtakor" safida to'p tepgan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Turğunboev "Mavsum-2026"da "Andijon" sharafini himoya qiladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va mehnat shartnomasi imzolandi.

Ma'lumot uchun, Azizbek Turğunboev 1994-yilning 1-oktabr sanasida Namanganda tavallud topgan. U faoliyati davomida "Navbahor", "Paxtakor" va shu bilan birga Turkiya chempionatida "Sivasspor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Turğunboev faoliyati davomida hozirgacha 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgani va 20 ta assistni bajargan.

2018-yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda va bunga qadar 43 ta o'yinda ishtirok etgan hamda 6 ta gol muallifiga aylangan.

Aziz Turğunboev 3 karra O'zbekiston chempioni, 2 karra O'zbekiston Superkubogi sohibi, 1 marta O'zbekiston Kubogi sohibi va 1 marta milliy terma jamoamiz bilan "CAFA" musobaqasi g'olibligini qo'lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting