Rasman: Artur «Yuventus»dan «Santos»ga o‘tdi
Endi u faoliyatini vatanida davom ettiradi.
ФОТО: Getty images
«Yuventus» yarim himoyachisi Artur Melo «Santos»ga erkin agent sifatida o‘tdi. Braziliyalik 30 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2026 yil dekabriga qadar shartnoma imzoladi. Bu transfer «Santos» tomonidan rasman e’lon qilingan.
Artur Turin klubi bilan shartnomasini bekor qilganidan so‘ng erkin agentga aylangan edi.
Endi u faoliyatini vatanida davom ettiradi va «Santos»ning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga harakat qiladi.
Artur faoliyati davomida «Gremio», «Barselona», «Yuventus», «Liverpul», «Fiorentina» va «Jirona» klublarida to‘p surgan. U «Santos»ga qo‘shilishi orqali Braziliya futboliga qaytdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist