locale OZ

Rasman: Ander Errera \"Saragosa\"ga qaytdi

37 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Ander Errera "Saragosa"ga qaytdi
Foto: Getty Images

Ispaniyalik tajribali yarim himoyachi Ander Errera faoliyatini o‘zi tarbiyalangan "Saragosa" klubida davom ettiradi.

37 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shu tariqa, Errera qariyb 15 yildan so‘ng professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytdi.

Ander Errera faoliyati davomida "Atletik Bilbao", "Manchester Yunayted", PSJ va "Boka Xuniors" kabi nufuzli klublarda to‘p surdi. U "Manchester Yunayted" safida Yevropa Ligasi, Angliya Kubogi va Liga kubogini, PSJ bilan esa bir necha bor Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Errera aynan "Saragosa" safida katta futbolga yo‘l olgan edi. Endi esa u faoliyatini boshlagan klubiga qaytib, jamoaning yuqori divizionga qaytishiga yordam berishga harakat qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting