Rasman. Alonso — «Chelsi» bosh murabbiyi
Ispaniyalik mutaxassis o‘z vazifasiga 1 iyuldan kirishadi.
ФОТО: Getty images
“Chelsi” rasmiy sayti orqali Xabi Alonso jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.
Ispaniyalik mutaxassis o‘z vazifasiga 1 iyuldan kirishadi. U bilan tuzilgan shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan.
“Uning tayinlanishi klubning uning katta tajribasi, murabbiylik salohiyati va o‘yin falsafasiga bo‘lgan ishonchini aks ettiradi.
Shuningdek, uning yetakchilik fazilatlari, xarakteri va halolligi “Chelsi” taraqqiyotining navbatdagi bosqichini boshqarish uchun asosiy omillardan biri bo‘ldi”, — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist