locale OZ

Rasman: Aleksis Sanches – «Monreal» futbolchisi

U "Monreal" bilan 2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Rasman: Aleksis Sanches – "Monreal" futbolchisi
Фото: Montreal FC

"Barselona", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Inter"ning sobiq hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini MLSda davom ettiradi.

37 yoshli chililik futbolchi va "Monreal" 2027 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuv klub tomonidan shartnomani 2027/28 yilgi mavsumga uzaytirish opsiyasini ham o'z ichiga oladi.

O'tgan mavsumda Aleksis "Sevilya"da o'ynagan va La Liganing 28 ta uchrashuvida 4 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting