locale OZ

Rasman: Adama Traore — «Vest Hem» futbolchisi

30 yoshli futbolchi nomaʼlum mablagʻ evaziga londonliklar safiga koʻchib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Adama Traore — «Vest Hem» futbolchisi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Vest Hem Yunayted» klubi o‘z rasmiy saytida «Fulhem» hujumchisi Adama Traore transferini e’lon qilib, muxlislarini xushnud etdi. Londonliklar ispaniyalik vinger bilan shartnoma imzolanganini rasman tasdiqlashdi.

30 yoshli futbolchi «bolg‘achilar» safiga noma’lum mablag‘ evaziga ko‘chib o‘tdi. Ushbu transferning asosiy jihati shundaki, Traore o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan murabbiy — Nunu Eshpiritu Santu ixtiyoriga qaytdi. Avvalroq bu duet «Vulverxempton»da muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan edi.

Klub bayonotida Adama Traorega yuqori baho berilgan: «Kuchli, tezkor, vaziyatlar yaratish va gol urishga qodir bo‘lgan Adama — Premer-liganing haqiqiy sinovidan o‘tgan o‘yinchi. U Nununing hujumkor jamoasiga tajriba va yuqori sifat qo‘shishi shubhasiz».

«Barselona»ning mashhur akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Traore 2015 yilda «Aston Villa» orqali Angliya chempionatiga qadam qo‘ygan edi. Shundan buyon u APLda jami 262 ta o‘yinda maydonga tushib, «Aston Villa», «Midlsbro», «Vulverhempton» va «Fulhem» kabi klublar safida 14 ta gol hamda 25 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting