locale OZ

Rasman: 37 yoshli Obameyang La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi

Kelib kelishuv ikki yilga mo'ljallangan.
Rasmiy: 37 yoshli Obameyang La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Deportivo FC

"Deportivo" klubi o'zining rasmiy sayti orqali hujumchi Pier-Emerik Obameyang o'z safiga qo'shilganini e'lon qildi. Gabonlik futbolchi La-Korunya jamoasi bilan ikki mavsumga – 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

O'z o'yinchilik faoliyati davomida Obameyang bir qator klublarda to'p tepgan. Pier-Emerik eng ko'p o'yinni Dortmundning "Borussiya"si va Londondagi "Arsenal" jamoalarida o'tkazgan. Hozirda Obameyang 37 yoshda.

"Deportivo" o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Ispaniya futbolining eng yuqori divizioniga qaytdi. La Liga birinchi turida jamoa "Elche"ni qabul qiladi. O'yin 17-avgust, dushanba kuni bo'lib o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting