Rashid G'ofurov: \"Bugun o'yin emas, cirk bo'ldi. Mag'lubiyatning asosiy sababi - maydon
Proliganing 9-turi doirasida "BuxDU" - "Yaypan" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov matbuot anjumanida qatnashdi.
-Avvalambor raqibni mavsumdagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. Bu holat biz bilan sodir bo'lgani ko'ngilni ranjitdi. Bu o'yin emas, cirk bo'ldi, desam ham bo'ladi. Hafa bo'lmanglar-u, bu maydonda futbol o'ynab bo'lmaydi. Mezbon tomon nima qilib bo'lsa-da, o'yinni o'tkazib olsak bo'ldi, deyishgan. Shu kungacha "BuxDU" yaxshi maydonlarda raqibini qabul qilib, bugunga kelib
esa ushbu maydonda o'yin bo'lsa... Bugun shu sababli golgacha o'yin bo'ldi, desak bo'ladi. Pala-partishlik ko'p bo'ldi. To'g'ri bu bahona emas, ular ham shu maydonda futbol o'ynadi. O'yini yo'q jamoa uchun bu ideal stadion, tepsa kirib ketaveradigan. O'yin borasida boshqa hech qanday taassurot gapirib bera olmayman. Bunday maydonlarda biz o'z rejalarimizni amalga oshira olmaymiz.
- Siz o'yini yo'q jamoa deyapsiz, shunda "BuxDU" futbol o'ynamasdan yutdimi?
- Raqiblar vaziyat yaratishmadi, bizning xatolardan foydalandi, yani, to'p bilan bo'layotganda yiqilish, maydon sifati sababli pas berib... Bu maydonda to'pni ushlab turib bo'lmaydi.
- Axir bu yerda Superliga o'yinlari bo'ladi.
- Eshitishimcha shu sababli ikkinchi davradan Superliga o'yinlari bu yerda bo'lmaydi. Rostmi yoki yolg'on buni bilmayman. Proliga uchun qilgandirda.
- Demak mag'lubiyatning asosiy sababi - maydonning notekisligida?
- Ha, shunday. Bizni yaxshi maydonda har tomonlama mag'lub etishsin, gap bo'lishi mumkin emas. Bu bilan "BuxDU"ni kamsitmoqchi emasman, balki ularning ham rejalari o'xshamagandir.