Ramush: «Men qancha pulga sotib olinganim haqida o‘ylamayman»
«Milan» portugaliyalik forvardni sotib olgandi.
ФОТО: Getty images
«Milan»ning yangi hujumchisi Gonsalu Ramush transfer uchun to‘langan katta mablag‘ haqida emas, klubning unga bildirgan ishonchi haqida ko‘proq o‘ylashini aytdi.
«Men uchun qancha pul to‘langani emas, klub tomonidan bildirilayotgan ishonch muhim. Menga yuqori maosh taklif qilingani — yaxshi belgi. Bu klub menga ishonayotganini anglatadi. Endi o‘zimni munosib ekanimni isbotlashim kerak. Bu men uchun qo‘shimcha motivatsiya», — dedi Ramush.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik forvard «Milan»ga «PSJ»dan kelgan. Ramush yangi jamoasi bilan katta maqsadlarni ko‘zlamoqda.