Ramos Yevropaga qaytishi mumkin
“Monterrey” himoyachisi Serxio Ramos Yevropaga qaytib, 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda AS.
"Real Madrid"ning sobiq sardori Evropa klublarida o'ynash unga Luis de la Fuente jamoasiga qo'shilish imkonini berishiga umid qilmoqda.
Nashrning yozishicha, Aymerik Laport Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubidan Bilbaoning “Atletik” klubiga o‘tganida ham xuddi shunday harakat qilgan.
Ramos oxirgi marta 2021-yilning mart oyida milliy terma jamoada o‘ynagan, shundan so‘ng u uchta yirik terma jamoa turnirini o‘tkazib yuborgan: 2021 va 2024-yilgi Yevropa chempionatlari hamda 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati.
Joriy mavsumda ispaniyalik himoyachi klub safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga erishdi.