Ramos «Parij» bilan shartnoma imzolashi mumkin
Ramosning o‘zi poytaxt jamoasi loyihasiga unchalik ishonmaydi.
ФОТО: Getty images
“Real” va “PSJ”da to‘p surgan sobiq himoyachi Serxio Ramos Fransiyaning “Parij” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fransiya klubi Ramosga jiddiy qiziqish bildirgan. Avvalroq uning “Nissa” bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakuniga yetgani aytilgan edi.
Shunga qaramay, Ramosning o‘zi poytaxt jamoasi loyihasiga unchalik ishonmayotgani ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Serxioning so‘nggi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist